Toshkentda 250 ming dollarga olingan mashinalar bordur qurmoqda

© "Voditeli Tashkenta"Toshkent hokimligi bordurlarni qurish uchun ikkita mashina xarid qildi
Toshkent hokimligi bordurlarni qurish uchun ikkita mashina xarid qildi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent markazi so‘nggi yillarda tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketdi. Aksariyat fuqarolarning fikriga qaraganda, bu ijobiy o‘zgarishlar sababi – Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammiti. Aytishlaricha, poytaxt rahbarlari bordurlarni quruvchi ikkita mo‘jizakor-mashina uchun, hatto, 250 ming dollarni ham ayashmagan.

TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Shu kunlarda Toshkentda ShHT sammitiga qizg‘in tayyorgarlik ketmoqda. O‘zbekiston markaziga tashrif buyuruvchi mehmonlarni shahar bor chiroyini namoyish etib kutib olishi kerak. Shu bois, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham ushbu tayyorgarlik jarayoniga o‘zlarining befarq emasliklarini ko‘rsatgan holda, yo‘l chetlarida qurilayotgan yangi bordurlar suratlarini internetga faol tarzda nashr qila boshladilar.

Jumladan, “Toshkent haydovchilari” jamiyati a’zolari Facebook sahifalarida Toshkent hokimligi 250 ming dollarga zamonaviy bordurlarni quruvchi ikkita mashina xarid qilgani haqida ma’lumot bermoqda.

Avvaliga bu ish kommunal xizmatlar xodimlari tomonidan qo‘l mehnati orqali amalga oshirilgan. Hozirda xarid qilingan mashinalar esa har qanday shakldagi bordurlarni qura oladi, qolaversa, sarf-harajatlar ham ikki barobar qisqargan. Aksariyat odamlar, bu holatda kamchilik ko‘rishmayotgan bo‘lsa-da, ammo qarshi fikr bildirayotganlar soni ham yo‘q emas.

"Yaxshisi yo‘l qurishsin edi"

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarning ayrimlari, bordurlar qurilgan ko‘chalarga qarab, ShHTga tashrif buyuruvchi chet el delegatsiyalari marshrutini bilib olish mumkinligi to‘g‘risida yozishgan.

"Bularning hammasi sammitga tayyorgarlik uchun amalga oshirilmoqda. Sammit bo‘lmaganida, markaz ko‘chalari ham o‘zgarishsiz qolaverardi. O‘zgarishlarning barchasi faqat markaziy ko‘chalardagina amalga oshmoqda. Bordurlar qurilgan yo‘llar to‘g‘ri  “International” mehmonxonasiga olib boradi”, — deb ta’kidlashgan jamiyat a’zolari. “Sammit o‘tgandan keyin bordurlarni yig‘ishtirib olishmasmikin, ishqilib”, deb havotir olganlar ham bor ular orasida.

Kommunal xizmatlar xodimlari taqdiri uchun kuyunganlar ham topildi. “Bechoralar endi ishsiz qoladigan bo‘lishdi”, — deb yozmoqda jamiyatning ayrim a’zolari.

Yana boshqalar esa, poytaht markazi so‘nggi yillarda, haqiqatda tanib bo‘lmas darajada chiroy ochib ketganini e’tirof etgan holda, “tanganing ikkinchi tomoni” haqida ham eslatib o‘tganlar. “To‘g‘ri, markaziy ko‘chalar va prospektlar chindan ham chiroy ochib ketdi. Hammayoq ko‘rkam, ozoda. Ammo mahallalarning ichiga bosh suqadigan bo‘lsangiz, o‘yiq, ta’mirtalab ko‘chalarga ko‘zingiz tushadi. Hatto chiroqlar ham yonmaydi”, — deya fikr qoldirgan foydalanuvchilardan biri.

Yangiliklar lentasi
0