Lavrov va Kamilov Karimovning Rossiyaga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

© Sputnik / Eduard Pesov / Mediabankka o‘tishRossiya TIV rahbari Sergey Lavrov va O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov va O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abdulaziz Kamilov va Sergey Lavrov O‘zbekiston va Rossiya munosabatlarining dolzarb masalalari, MDH kun tartibi, ba’zi xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashishdi.

 

TOShKENT, 8 apr — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 8-aprel kuni Moskva shahriga safari davomida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Lavrov bilan uchrashdi, deb xabar beriladi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida.

Kamilov rossiyalik hamkasbi bilan O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 25-26 aprel kunlari Rossiyaga rasmiy tashrifi yuzasidan tayyorgarlik jarayonini ham muhokama qilishgan.

Bundan tashqari, bo‘lib o‘tgan suhbat davomida tomonlar O‘zbekiston va Rossiya munosabatlarining dolzarb masalalari, MDH kun tartibi, ba’zi xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashishgan.

 

Yangiliklar lentasi
0