TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Rossiya maxsus xizmatlari “Pallas jamoasi” terrorchilik guruhi a’zolarini qo‘lga oldi. Rossiya FXX qo‘lga olgan besh kishi Suriyadagi janglarda qatnashish uchun odam yollash, Volgograd hududida terakt tayorlash bilan shug‘ullanishgan.
“Qo‘lga olingan besh radikal islom tarafdorlari regionda terakt amalga oshirishni rejalashtirishgan. Ular turgan xonadonda qurol-aslaha, kimoviy moddalar, portlovchi moslamalar qismlari va ekstremistik mazmundagi adabiyotlar topilgan”, — deyilgan muassasa xabarida.
Ushbu aniqlangan ma’lumotlar va topilgan ashyovillar dalillar asosida bir necha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.