ID Damashq yaqinida 175 kishini qatl qildi

Obuna bo‘lish
Qurbonlar Al Badia Cement kompaniyasi ishchilari bo‘lgan. “Islom davlati” ularni islom dining boshqa oqimiga mansubligi tufayli qatl qilgan.

TOShKENT, 8 apr — Sputnik. “Islom davlati” terrorchilik guruhi payshanba kuni Damashq yaqinida o‘g‘irlab ketilgan 175 kishini qatl qildi, Sputnik xabariga asosan.  

Biroz oldin, SANA agentligi Suriya Sanoat vazir vakiliga asoslanib, terrorchilar Abu ash-Shamat yaqinida Al Badia Cement kompaniyasining 300dan ziyod  ishchilarini o‘g‘irlab ketgani haqida xabar bergandi.

Jangarilar Al Badia Cement kompaniyasiga tegishli zavodga 6-aprel kuni hujum qilishgan. Hujum paytida zavodda 250 ishchi bo‘lgan. Ulardan 75 kishi qo‘yib yuborilgan, qolganlarni qatl qilishgan. Sabab: ular islom dinining boshqa oqimiga mansubligi bo‘lgan. 

ID odamlarni qo‘rqitish uchun tez-tez shunday qotilliklar uyushtirib turadi. Ushbu yilning yanvar oyida Dayr-az-Zorda 280 nafar tinch aholi qatl qilingani haqida habar olgandik. Iroqning Mosul shahrida ID qurbonlari soni 4 ming kishiga yetdi.   

 

Yangiliklar lentasi
0