Abdulaziz Kamilov Qozog‘istonning yangi elchisini qabul qildi

© Press-slujba MID UzbekistanaO‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov Qozog‘iston elchisi Yerik Utembayev bilana
O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov Qozog‘iston elchisi Yerik Utembayev bilana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 7-aprel kuni Qozog‘iston Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Yerik Utembayevni qabul qildi.

TOShKENT, 8 apr — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qozog‘istonning yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Yerik Utembayevni qabul qildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati..

TIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, elchi vazirga ishonch yorlig‘ining nusxasini topshirdi.

"Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi. Davlatlararo aloqalarning barcha sohalaridagi bosqichma-bosqich va izchil rivojlanishi O‘zbekiston-Qozog‘iston oliy darajadagi muntazam muloqotiga asoslanishi ta’kidlandi", — deyiladi xabar matnida.

Qozog‘iston O‘zbekistonning muhim iqtisodiy hamkorlaridan biridir. 2015-yil yakunlariga ko‘ra o‘zaro savdo aylanmasi 3 mlrd AQSh dollaridan oshganligini ko‘rsatdi. Tomonlar transport, kommunikatsiya va tranzit sohasida yaqindan hamkorlik qilishadi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqlarining ruhiy yaqinligi va ko‘p asrlik tarixiga asoslangan madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik masalalari ikki tomon kun tartibida muhim o‘rin tutadi.

Shuningdek, uchrashuvda bo‘lajak ikki tomonlama siyosiy uchrashuvlarning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Yangiliklar lentasi
0