Bangladeshda so‘nggi 14 oy ichida 6 nafar jurnalist o‘ldirildi

© AP Photo / 221497782787Bangladeshda ID tomonidan jurnalistlar o‘ldirilishiga qarshi miting
Bangladeshda ID tomonidan jurnalistlar o‘ldirilishiga qarshi miting - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevronyus, Irna, Haqqin va boshia bir necha OAVlar xabariga ko‘ra, ushbu mudhish qotilliklar ID tarafdorlari tomonidan amalga oshirilmoqda.

TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Turli OAVlarda xabar berilishiga ko‘ra, Bangladeshda oxirgi 14 oy davomida 6 faol jurnalist o‘ldirilgan, Yevronyus, Irna, Haqqin va boshia bir necha OAVlar xabariga ko‘ra, ushbu mudhish qotilliklar ID tarafdorlari tomonidan erkin fikrlovchi jurnalistlarni qo‘rqitish uchun amalga oshirilmoqda.

Dakka politsiyasi ma’lum qilishicha, 6-aprel kuni kechqurun Jagannat Universitetida jurnalistika yo‘nalishida magistr bo‘lgan 26 yoshli Nazimuddin Samad uyiga qaytayotganda uch —to‘rt kishi tomonidan qurshab olingan. Qotillar dastlab Samadga pichoq sanchgan va so‘ngra otib ketishgan, kun.uz xabariga asosan.

"Jinoyatchilar motosikllarda voqea joyidan qochib ketgani sababli hech kim mazkur ish bo‘yicha qo‘lga olinmagan", —dedi Dakka politsiyasi vakili.

Bangladeshlik talabalar, ushbu vahshiyona qotillikka o‘z munosabatlarini bildirish maqsadida namoyishlar o‘tkazgan.

Qayd etilishicha, Samadning o‘ldirilishi mamlakatda keyingi 14 oy ichida oltinchi jurnalistning o‘ldirilishi bo‘ldi. Ushbu qotillik aksar aholisi musulmonlar bo‘lgan mamlakatda erkin fikrlovchi jurnalistlarga qarshi kurash, qo‘rqitish va ularga tahdid qilish usullaridan biridir.

Bangladesh konstitutsiyasida Islom dini davlat dini sifatida qayd etilgan bo‘lsada, dunyoviylik qoidalari ham qo‘llab-quvvatlanadi. Samadning tanishlaridan biri Imron Sarkarning aytishicha, Nazimuddin erkin va dunyoviy fikrlovchi faol xodimlardan biri bo‘lgan.

"U, diniy fundamentalizm, urush jinoyatlari, korrupsiya va ayollar huquqlari poymol etilishini fosh etuvchi maqolalar muallifi edi",-deydi Imron Sarkar.

AQSh davlat departamenti matbuot kotibi Mark Toner o‘z navbatida, Samadning o‘ldirilishini "vahshiylik" sifatida baholab, Vashington terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashda Bangladesh hukumatiga yordam berishda davom etishini ta’kidlagan.

 

Yangiliklar lentasi
0