Manba: yuz nafar turk harbiylari Suriya hududiga bostirib kirdi

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishHarbiy xizmatchilar
Harbiy xizmatchilar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya harbiy xizmatchilari Idlib provinsiyasidagi chegara punkti orqali Suriya hududiga bostirib kirishdi. Qurdlarning o‘zini-o‘zi himoyalash otradidagi manba Sputnik agentligiga bergan xabariga qaraganda, gap maxsus qo‘shinlar bo‘linmalari haqida bormoqda.

TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Turkiya harbiylari Idlib provinsiyasidagi nazorat punkti orqali Suriya hududiga bostirib kirdilar, deb xabar qildi Sputnik agentligiga qurdlarning o‘zini-o‘zini himoya qilish otradidagi manba.

"Turkiya 100 nafar maxsus qo‘shin askarlarini Idlib provinsiyasidagi Bab al Xiua chegara punkti orqali Suriyaga kiritdi”, — deb xabar qildi agentlikka manba.

Bundan sal oldin Suriya prezidenti Bashar Asad RIA Novosti axborot agentligiga bergan intervyusida Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on terrorchilarni ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlayotgani, jangarilarga Turkiya hududiga kirishga, shu jumladan, tankalar yordamida manyovrlarni amalga oshirishga ruxsat berayotgani haqida gapirgan edi.
Asadning aytishicha, Suriyadagi hozirgi siyosiy ahvolga “mamlakatga mana shunday hufiyona bostirib kirishlar” sabab bo‘lmoqda.
Rossiya davlati ham Turkiya terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashi haqida ko‘p marotaba bayonot qilgan. Jumladan, Kreml rahbariyati Suriya hududi Turkiya tomonidan vaqti-vaqti bilan o‘qqa tutilishi holatidan tashvishdaligini, Anqaraning bu harakati terrorchilikni ochiqdan-ochiq qo‘llab-quvvatlash va BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarini tan olmaslik sifatida baholanishi haqida ta’kidlagan.

Yangiliklar lentasi
0