TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Suriya qurdlarining rasmiy vakili Reyzan Xedu Sputnik agentligiga tinch aholining kimoyviy moddalar bilan zaharlanish holatlari haqida xabar berdi.
Qurd o‘z-o‘zini himoya qilish kuchlari (YPG) Alepponing Shayx Masud tumani to‘plardan o‘qqa tutilganidan keyin bir necha kimoviy moddalar bilan zaharlanganini xabar qildi. Uning so‘zlariga qaraganda, snarad portlaganidan keyin, g‘alati hidli sariq tutun paydo bo‘lgan.
Zaharlanganlarning ba’zilari o‘ta og‘ir ahvolda, Qizil yarim oy jamiyati kasalxonasiga yotqizilgan. Kasalxona shifokori aytishicha, ularda tomir tortishi, ichaklar siqilishi va qusish kuzatilmoqda. Bular xlor moddasi birikmalari bilan zaharlanish belgilaridir.
Kimoviy hujum uchun javobgarlikni “Jaysh al-Islom” guruhi o‘z zimmasiga oldi. “Aleppodagi to‘qnashuvlar vaqtida guruh boshliqlaridan biri ta’qiqlangan qurol ishlatdi” deyilgan ularning bayonotida.
Suriya qurdlari kimoviy qurol bir necha marta ishlatilganini va bundan tinch aholi orsida o‘nlab odamlar zarar ko‘rganini ta’kidlashmoqda.
Rossiya TIVning qurol yarog‘ tarqalishi oldini olish departamenti boshlig‘i Mixail Ulyanov seshanba kuni “Islom davlati” jangarilari tomonidan Suriya va Iroq hududida uch marotaba kimoviy qurol qo‘llanilganini xabar bergan edi, lekin BMT Xavfsizlik Kengashi bunga hech qanday munosobat bildirmadi.