Erdo‘g‘on Yevropa bilan kelishuvni bekor qilmoqchi

© AP Photo / Francois MoriTurkiya prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘on
Turkiya prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevropa bergan va’dalarning birortasi amalga oshgani yo‘q, deb ta’kidlamoqda Turkiya prezidenti. Erdo‘g‘onning so‘zlariga qaraganda, Turkiya uch millionga yaqin qochoqlarni o‘z hisobidan ta’minlab kelmoqda.

TOShKENT, 7 apr – Sputnik, Alena Palajchenko. Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on Yevropa Ittifoqini Anqara bilan qochoqlar borasida tuzilgan shartnomaga amal qilmayotganlikda ayblamoqda. "YeI bergan va’dalarga amal qilmayapti, Turkiya ham xuddi shunday qiladi", — deb tahdid qildi Erdo‘g‘on, RIA Novosti xabari asosida.

"Turkiya davlat budjeti hisobidan uch millionga yaqin odamlar (suriyalik qochoqlar, — tahr.) ta’minlanmoqda. Yevropa va’da qilgan pullardan esa hamon darak yo‘q. Agar Yevropa Ittifoqi bergan va’dasida turmasa, Turkiya ham bu bitimga amal qilmaydi. Iqtisodiy jihatdan bizdan ustun bo‘lgan davlatlar odamiylik munosabatlarini ko‘rsatganlari yo‘q”, — deb ta’kidladi Erdo‘g‘on Anqarada politsiyachilar bilan uchrashuvi chog‘ida.

Turkiya prezidenti YeI migratsiya masalasini hal etish uchun, Turkiya suriyalik qochoqlarni o‘z bag‘riga olishi uchun olti milliard yevro ajratishi lozimligini eslatib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0