Saudiya Arabistoni qiroli 11-15 aprel kunlari Turkiyaga rasmiy tashrif uyushtiradi

© AP Photo / Khalid MohammedSaudiya Arabistoni qiroli ibn Abdul-Aziz Al Saud
Saudiya Arabistoni qiroli ibn Abdul-Aziz Al Saud - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashrif davomida ikkiyoqlama masalalar bilan bir qatorda mintaqaga oid hamda kunning eng dolzarb muammolari muhokama qilinadi, deyilgan Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘onning matbuot-xizmati bayonotida.

TOShKENT, 7 apr – Sputnik. Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdul Aziz Al Saud 11-15 aprel kunlari Turkiyaga tashrif buyuradi, deb xabar qildi payshanba kuni Turkiya prezidenti matbuot-xizmati, RIA Novosti xabari asosida.
"Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘onning taklifiga ko‘ra, 11-13 aprel kunlari Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdul Aziz Al Saud Anqaraga rasmiy tashrif uyushtiradi. Ikkiyoqlama masalalar bilan bir qatorda mintaqaga oid va xalqaro muammolar muhokama qilinishi rejalashtirilgan. Saudiya Arabistoni qiroli Anqaradan Istambulga yo‘l oladi. U yerda 14-15 aprel kunlari Islom hamkorligi tashkilotining 13-sammiti bo‘lib o‘tadi”, deyilgan Turkiya rahbarining rasmiy saytida e’lon qilingan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0