TOShKENT, 7 apr – Sputnik. Indoneziyalik xonanda Irma Byul ilon chaqishi tufayli sahnada hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar qiladi Britaniyaning Mirror nashri.
Xonanda kobralar bilan tomoshalar uyushtirish orqali mashhurlikka erishgan edi.
Fojia Indoneziyadagi G‘arbiy Yava provinsiyasidagi aholi punktlaridan birida yuz berdi.
Xonanda birinchi qo‘shig‘idan so‘ng, tasodifan kobraning dumini bosib olgan. Ilon shu zahotiyoq ayolning belidan chaqqan. Byul qo‘rqishni xayoliga keltirmagan ham. U shu ahvolda yana 45 daqiqa davomida qo‘shiq kuylashda davom etgan. Ammo tez orada u varaja qilishni boshlagan, qusgan va sahnaning o‘zida yuztuban yiqilgan. Voqea joyiga shifokorlar yetib kelishgan, ammo ular ayol jonini saqlab qololmaganlar.
Nashrda ta’kidlanishicha, 29 yashar xonandani qirol kobrasi chaqqan.