TOShKENT, 7 apr – Sputnik. Rossiyaning ikkilamchi avtomobil bozorida eng ommabop avtomobillar ro‘yhatida Daevoo Nexia uchinchi o‘rinni egalladi. “Avtostat” keltirgan ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqda.
"Avtostat" ikkilamchi bozorni o‘rganish davomida 2015-yilning birinchi yarmida eng ommalashgan avtomobillar ro‘yxatini tuzdi. Tahlilchilar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, rossiyaliklar yilning birinchi yarmida Hyundai Solaris, Toyota Corolla va Ford Focuslarni ko‘proq xarid qilganlar. Bundan tashqari, Rossiyada minilgan KIA Rio va Renault Loganlar ham ancha yaxshi sotilishi aniqlangan.
Yarim yil ichida 10,2 ming dona minilgan Daevoo Nexialar o‘z xaridorini topgani ta’kidlanmoqda.