TOShKENT, 7 apr – Sputnik. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, Baxtiyor Qosimov 63 yoshida olamdan o‘tdi, bu haqda aktorning yaqinlari Qalampir tahririyatiga xabar berdi.
“Ma’lumotlarga qaraganda, aktor saraton kasali bilan og‘rigan edi. Janoza peshin nomozidan so‘ng Toshkentdagi “Xo‘ja Alambardor” jome’ masjidida o‘qiladi”, — deyilgan nashr xabarida.
Akter 1953-yilda Toshkent shahrida rejisser va akter Nigmat Qosimov oilasida tug‘ilgan.
Ijodi davomida akter 40dan ortiq filmlarda rol o‘ynagan. Baxtiyor Qosimov “Zarb”, “Uchar otlar”, “Gumrohlar”, “Arosat”, “Uqubat” va boshqa o‘nlab filmlarda o‘ynagan rollari bilan tomoshabinga yaxshi tanish. 2013-yilda “Bog‘” filmida o‘ynagan roli uchun Baxtiyor Qosimov “Oltin gepard” mukofotiga sazovor bo‘lgan.