Abdulaziz Kamilov 8-aprel kuni Moskvaga keladi

Obuna bo‘lish
Moskvada bo‘lib o‘tadigan Tashqi Ishlar vazirlari kengashida MDH mamlaktalar orsidagi turli sohalardagi hamkorlik muhokama qilinadi, shu bilan bir vaqtda 2016-yilgi TIVlar aro maslahatlar reasi tuziladi.

TOShKENT, 7 apr – Sputnik. O‘zbekiston Tashqi Ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 8-aprel kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan, MDH Tashqi Ishlar vazirlari Kengashida qatnashadi, TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra.

“Tashqi Ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 2016-yilning 8-aprelida Moskvada bo‘lib o‘tadigan MDH Tashqi Ishlar Vazirlari Kengashida qatnashadi”, — deyilgan TIV matbuot xizmati xabarida.

 

MDH Ijroiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, kun tartibida Hamdo‘stlik mamlakatlarining turli sohalardagi hamkorligi haqida so‘z boradi. TIVlar aro hamkorlikning 2015-yilgi natijalarini va 2016-yilda oldinga qo‘yilgan rejalari muhokama qilinadi.

 

Yangiliklar lentasi
0