Rossiya Qirg‘iziston va Tojikiston bilan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini yaratmoqchi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishHavo hujumiga qarshi mudofaa S-300VM
Havo hujumiga qarshi mudofaa S-300VM - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Havo hujumiga qarshi regional mudofaa tizimini yaratish loyihasi tayyor, ayni vaqtda kelishuv bosqichi amalga oshirilmoqda, deya xabar bermoqda Rossiya Havo Kosmik Kuchlari.

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Rossiya Qirg‘iziston va Tojikiston bilan birgalikda Havo hujumiga qarshi regional mudofaa tizimlarini yaratishni rejalashtirmoqda, deya xabar qildi chorshanba kuni jurnalistlarga Rossiya Xavo-kosmik kuchlari Bosh qo‘mondoni rahbari general-leytenant Pavel Kurachenko.

"Rossiya va Qirg‘iziston, shuningdek, Rossiya va Tojikiston o‘rtasida havo hujumiga qarshi birgalikdagi regional tizimlar loyihasi ishlab chiqilgan, ya’ni tayyor va hozirda bu borada o‘zaro kelishuv muzokaralari olib borilmoqda”, — dedi u.

Markaziy Osiyoda Kollektiv xavfsizlikni yaratish haqida gapirar ekan, Kurachenko, shuningdek, 2013-yilda Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasida ham yuqorida tilga olingan kelishuvga o‘xshash bitim imzolanganligini eslatib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0