Bu yil 500 ming nafar bolakay 1-sinfga boradi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishJajji modellar "Maktab formasi" ko‘rgazmasida
Jajji modellar Maktab formasi ko‘rgazmasida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligida birinchi sinf o‘quvchilari uchun tayyorlanayotgan sovg‘alar haqida ma’lumot berishdi.

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. 2-sentabr kuni boshlanadigan yangi o‘quv yilida O‘zbekistondagi umumiy ta’lim maktablari 500 ming o‘quvchini qabul qiladi, deya xabar qildi Sputnik muxbiriga O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi.
 Birinchi sinfga boradiganlarning barchasiga 15 xil o‘quv qurolidan iborat Prezident sovg‘asi taqdim etiladi.
"Birinchi sinf o‘quvchilariga o‘n besh xil turdagi o‘quv qurollari, shu jumladan portfel va darsliklar jamlanmasi sovg‘a qilinadi”, deb aniqlik kiritishdi muassasada.

Yangiliklar lentasi
0