2021 yilda O‘zbekistonda tabiiy gazni avtomatik hisoblash tizimi ishga tushadi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishGaz hisoblagichi
Gaz hisoblagichi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
To‘rt yil ichida umumiy qiymati 800 million dollarlik 3,5 millionta gazhisoblagichlar o‘rnatiladi.

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekistonda 2016-2020 yillar mobaynida tabiiy gazni avtomatik hisoblash tizimi(TGAHT) to‘liq ishga tushiriladi, deb xabar bermoqda "O‘ztransgaz" AJning loyihani amalga oshirish bo‘yicha rahbari Shahnoza Islomova.

Mazkur tizim, ya’ni TGAHT tarkibiga gaz hisoblagich uskunalari, ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va jo‘natish tizimi, aloqa kabellari hamda zaruriy telekommunikatsiya qurilmalari kiradi. 800 million dollar atrofidagi loyihaning 200 million dollari xorijiy kreditlar va qolgan qismi O‘zbekiston mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.

O‘zbekiston dunyo bo‘yicha birinchilardan bo‘lib yangi texnologiyani hayotga tadbiq etishga kirishmoqda. 2020-yil oxirigacha 3,5 millionga yaqin gaz hisoblagichlarini o‘rnatish rejaga kiritilgan, deb xabar qildi Islomova.

2015 yil may oyida "O‘zbekneftgaz" kompaniyasi Toshkent va Toshkent viloyatida tabiiy gazni avtomatik hisoblash tizimini barpo etish bo‘yicha tanlov e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, past bosimli gaz tarmoqlarida masofadan hisoblashni yo‘lga qo‘yish uchun 1,04 million dona hisoblagichni o‘rnatish rejalashtirilgan.

Loyiha 2-yil mobaynida amalga oshiriladi. Uning qiymati 217, 3 million AQSh dollarini tashkil etadi. Tender yakunlari 2016-yil bahor mavsumida e’lon qilinadi.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda, mamlakatdagi tabiiy gaz iste’molchilarining 60 foizga yaqiniga hisoblagichlar o‘rnatilgan bo‘lsa-da, ma’lumotlarni jamlash va boshqarish bo‘yicha zamonaviy tizimning mavjud emasligi, gaz iste’molini nazorat qilishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishiga olib kelmoqda.
Oxirgi yillarda mamlakatda gaz iste’moli 1,3 martaga ortib, yiliga qazib olinadigan 60 mlrd kub metrga yaqin gazdan taxminan 45 mlrd kub metri mahalliy mijozlarga yetkazib beriladi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2013-yilda magistral gaz quvurlarida yo‘qotilgan gaz miqdori 2,1 foizni tashkil etgan. Gaz taqsimlash tarmoqlarida bu raqam 2,4 foizdan iborat bo‘lgan. Nodavlat ekspertlarning fikricha, tabiiy gazdan foydalanish chog‘ida 25 foizi yo‘qotiladi.

Yangiliklar lentasi
0