O‘zbekiston va Xitoy Ipak yo‘lida transport harakatini osonlashtirishga kelishdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishBuyuk Ipak Yo‘li yodgorligi. Samarqand
Buyuk Ipak Yo‘li yodgorligi. Samarqand - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yil yakuniga qadar ikki mamlakat o‘rtasida Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab iqtisodiy koridor tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv imzolanadi.

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Xitoy davlatlari o‘rtasida yil yakuniga qadar “Ipak yo‘li iqtisodiy kamari”qurilishi doirasida avtomobil harakati borasida yangi kelishuv imzolanadi, deb xabar qildi jurnalistlarga avtomobil va daryo transporti boshqarmasi rahbari.

Ismoilovning taxminiga ko‘ra, hujjat yil yakuniga qadar imzolanishi kutilmoqda.

Loyihaning maqsadi imtiyozli shart-sharoitlarda Sharqdan G‘arbga to‘g‘ridan to‘g‘ri mahsulot yetkazish uchun savdo yo‘lagini tashkil etish. Xitoy tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha doirasida 40 milliard dollar miqdoridagi jamg‘arma tashkil etildi.
Ushbu mablag‘ temir yo‘llar, avtotrassalar, sanoat parklari hamda energetika loyihalari yo‘lida sarf etiladi.

Yangiliklar lentasi
0