Rossiya va O‘zbekiston orasidagi o‘zaro moliyaviy da’volarni hal qilish haqidagi qonun kuchga kirdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2014 yilning 10-dekabrida Toshkentda imzolangan ushbu shartnoma Rossiya Davlat Dumasi tomonidan 2016-yilning 25-mart kuni va Federatsiya Kengashi tomonidan 30-mart kuni tasdiqlangan edi.

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Kecha, 5-aprel kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Rossiya va O‘zbekiston orasidagi moliyaviy da’volarni hal qilish haqidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzoladi. Shu bilan hujjat qonuniy kuchga kirdi.

“Rossiya Federatsiyasi hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati orasida 2014-yilning 10-dekabrida Toshkentda imzolangan, o‘zaro moliyaviy talab va majburiyatlarni tartibga solish haqidagi shartnoma qabul qilinsin”, — deyilgan  Vladimir Putin imzolagan hujjatda.

Eslatib o‘tamiz, 2014-yilning 10-dekabrida Toshkentda imzolangan Shartnoma O‘zbekistonning 865 mln dollar qarzi o‘rniga Rossiyaga faqat 25 mln dollar to‘lashni ko‘zda tutgan. Shu bilan bir vaqtda, O‘zbekiston o‘zining sobiq SSSRning Olmoslar fondini bo‘lish haqidagi talabidan voz kechadi.

G‘alabaning 68-yilligiga bag‘ishlangan miting - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va O‘zbekiston sobiq SSSRga oid moliyaviy da’volardan voz kechishdi

Rossiya Moliya vazirligi hisob-kitobiga ko‘ra, 2014-yilning 1-noyabrida O‘zbekistonning Rossiyadan qarzi 889,3 million AQSh dollarni tashkil qilgan. Undan asosiy qarz miqdori — 500 mln dollar, protsentlar — 388 mln dollar. O‘zbekiston ushbu qarzning faqat bir qismini – 43 mln dollarini tan olgan va sobiq SSSRning Olmos fondini bo‘lib olishni taklif qilgan edi.

2014 yilning dekabrida Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida tomonlar sobiq SSSR mulkiga oid moliyaviy talablar va O‘zbekistonga 1992-1993 yillarda berilgan kreditlar bo‘yicha bir-biriga bo‘lgan barcha da’volardan voz kechishdi. O‘zbekiston, ushbu shartnoma kuchga kirganidan boshlab, Rossiyaga faqat 25 mln dollar to‘laydi.  

Rossiyalik ekspertlar fikriga ko‘ra, ushbu muammoning hal qilinishi — bu ikki mamlakat orasidagi siyosiy, iqtisodiy va harbiy hamkorlikni yanada rivojlantirish tomonga qarab qo‘yilgan olg‘a qadamdir.

Yangiliklar lentasi
0