TOShKENT, 5 apr — Sputnik. 5 aprel kuni soat 17:11da O‘zbekistonning turli nuqtalarida 5,2 magnitudali kuchsiz yer qimirlashi sezildi, deb xabar berdi Sputnik muxbiriga “Toshkent” seysmostansiyasi xodimi.
Seysmologlar ma’lumotiga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i Toshkentdan 420 km g‘arbda joylashgan.
Zilzila O‘zbekistonning turli nuqtalarida kuzatilgan: jumladan, Qarshi shahrida – 3-4 ball, Samarqandda – 3-4 ball, Jizzaxda – 3 ball, Termizda – 2 ball, Navoiyda – 2 balllik yer qimirlashi kuzatilgan. Toshkent shahrida zilzila sezilmagan.
Yer qimirlashi tufayli jabr ko‘rganlar yoki binolarga shikast yetgani haqida ma’lumot hozircha yo‘q..