TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Tog‘li Qorabog‘da yuz bergan jangovar harakatlar tufayli Armaniston hududidan otilgan minomot snaradi Eron provinsiyasi hududi — Sharqiy Ozarbayjonga kelib tushdi, deb xabar qilmoqda provinsiya gubernatori o‘rinbosari Shobastoriy Xiyoboniy, RIA Novosti xabari asosida.
"Bugun ertalab Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida yuz bergan mojaro davomida otilgan snarad Kuli-biglu qishlog‘idagi uylarning biriga kelib tushdi… portladi, uyga ziyon yetgan, qo‘shni uylarning oynalari chil-parchin bo‘lgan", — deb iqtibos keltiradi gubenator so‘zlaridan agentlik.
Harbiy ekspertlar snarad Armaniston hududidan otilgan, degan fikrda, deb ta’kidladi Xiyoboniy. "Portlash natijasida hech kim jabr ko‘rmagan", — dedi Shobastoriy.
Bundan sal oldin Armaniston va Eron Qorabog‘ mojarosi yuzasidan, tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa olib borishga kelishib olgandilar. Armaniston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari David Tonoyan va Eron elchixonasi harbiy attashesi polkovnik Xusayn Shayx Eron qishloqlarining biriga snarad kelib tushgani va bir qancha odamlar yaralangani haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqalib ketganidan so‘ng, uchrashishga kelishgan.
OAV: Armanistondan otilgan snarad, Eron hududiga kelib tushdi
15:06 05.04.2016 (yangilandi: 15:41 05.04.2016)
© Sputnik / StringerEron bayrog‘i
© Sputnik / Stringer
Obuna bo‘lish
Eron provinsiyasi gubernatori Shabastoriy Xiyobonining so‘zlariga qaraganda, Armaniston hududidan otilgan snarad Quli-biglu qishlog‘ida joylashgan uylarning biriga kelib tushgan va portlagan.