Putin uchun limuzin 2017-yilda tayor bo‘ladi

© Sputnik / Sergey Subbotin / Mediabankka o‘tishNAMI tomonidan ishlab chiqilgan avtomobillar maketi
NAMI tomonidan ishlab chiqilgan avtomobillar maketi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Avtomobil va avtomotor ilmiy tekshirish instituti (NAMI) tomonidan “Kortej” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan maxsus avtomobillar 2017-yilda tayor bo‘lishi kutilmoqda.

TOShKENT, 5 apr – Sputnik. Rossiya prezidenti ixtiyoriga 2017-yilda Rossiyada ishlab chiqarilgan birinchi limuzinlar partiyasi topshiriladi, dedi sanoat va savdo vaziri Denis Manturov.

“Avtomobillarning birinchi partiyasi, 2017-yil oxirida buyurtmachiga yetkizib beriladi”, — dedi Manturov jurnalistlar savoliga javob berarkan.

 

Ministrning so‘zlariga qaraganda, birinchi yil 200 avtomobil ishlab chiqariladi. Ularning barchasi Markaziy avtomobil va avtomotor ilmiy-tekshirish istituti (NAMI) asosida ishlab chiqariladi.

 

 

2013 yilda asos solingan “Kortej” loyihasi davlat rahbarlari uchun avtomobillar ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi. Loyihaning umumiy qiymati 15 milliard rublni tashkil qiladi. Undan tashqari zirhlangan  “yo‘l tanlamas” avtomobillar Rossiya Mudofaa vazirligida ham qiziqish uyg‘otmoqda.

“Kortej” loyihasi doirasida to‘rt turdagi avtomobillar ishlab chiqarilgan — limuzin, sedan, miniven va “yo‘l tanlamas” avtomobillari. Manturovning so‘zlariga qaraganda limuzin bir yildan beri harakat sinovlaridan o‘tmoqda, aprelda sedanlar uchun krash-testlar boshlanadi. 2020-yilga qadar har bir turdagi avtomobillar sonini 4-5 mingtaga yetkizish ko‘zda tutilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0