Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘ga raketa zarbasi bilan po‘pisa qilmoqda

© Sputnik / Asatur YesayansTog‘li Qorabog‘, Martakert
Tog‘li Qorabog‘, Martakert - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ozarbayjon o‘zining chegaraga yaqin bo‘lgan hududlarini Armaniston tomonidan minomotdan o‘qqa tutishda ayblab, Stepanakertga raketa zarbasi berishi mumkinligini xabar qilmoqda.

 

TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Tog‘li Qorabog‘ hududiga raketa zarbasi berishi mumkin, bu haqda vazirlik matbuot kotibi Vagif Dargaxli xabar berdi.

“Tog‘li Qorabog‘ bilan chegaraga yaqin hududlarni o‘qqa tutish bas qilinmasa, Mudofaa vaziri Zokir Gasanov Xankendiga (Stepanakert) zarba berishga tayor turishni buyurdi.   Armaniston tomoni tundan beri agderin va fizulin yo‘nalishidagi aholi punktlariga zarba bermoqda. O‘zining hatti-harakati bilan Armaniston Xankendiga beriladigan zarbani tezlashtirmoqda”, — dedi Dargaxli.

Armaniston o‘z navbatida Ozarbayjonni Qorabog‘dagi tanch aholiga  qarshi “Smerch” yoppasiga o‘t ochish tizimini va zarba beruvchi uchuvchisiz apparatlarni ishlatishda ayblamoqda.

Bir necha yil davom etgan tinchlikdan keyin, Tog‘li Qorabog‘ hududida harbiy to‘qnashuvlar yana boshlandi.  2016 yilning 2 aprelida Armaniston Ozarbayjon qo‘shnlarining Tog‘li Qorabog‘ hududiga “bostirib kirganini” xabar berdi, Ozarbayjon esa, aksincha, Armaniston uning chegaraga yaqin hududlarini “o‘qqa tutganini” xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, Tog‘li Qorabog‘ mojarosi boshlanganiga 30-yildan ko‘p bo‘ldi. Sobiq SSSR davridan asosan armanilar yashaydigan Tog‘li Qorabog‘ Ozarbayjon ma’muriyati ostidan chiqishga qat’iy qaror qildi. Ozarbayjon esa bunga qarshi bo‘lib bir necha yil davom etgan urush boshlangan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0