Buxoroda ulkan quyosh elektr stansiyasi ishga tushdi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishQuyosh elektr stansiyasi
Quyosh elektr stansiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buxoro viloyatida ishga tushga ushbu mobil elektr stansiyasi kunduz kuni 5 ming KVt, tunda 1 ming kVt elektr quvvati ishlab chiqarishi mumkin. Bu MDH mamalkatlarida eng ulkan mobil quyosh elektr stansiyasidir.

TOShKENT, 4 apr – Sputnik.  Buxoro viloyatida Qandim konida Lukoyl  kompaniyasi uchun BAAning Enesol kompaniyasi mobil avtonom quyosh elektr stansiyasi qurdi,  Enesol rasmiy xabariga ko‘ra.

Kompaniya xabariga ko‘ra mobil avtonom quyosh elektr stansiyasi kunduz kuni 5 ming KVt, tunda 1 ming kVt elektr quvvati ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu 1,5 ming aholi yashaydigan shag‘archani elektr bilan ta’minlash uchun yetarli.

Rossiyaning Lukoyl kompaniyasi Buxoro viloyatidagi Qandim konida “O‘zbekneftegaz” AJ bilan hamkorlikda 2004-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Qandim, Xauzak va Shandim konlaridan qoydalanish haqidagi shartnomalar 35-yilga mo‘ljallangan.

Yangiliklar lentasi
0