TOShKENT, 5 apr – Sputnik. Seshanba 5-aprel kuni O‘zbekistonga Buyuk Britaniya birlashgan qirolligi va Shimoliy Irlandiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Tobias Ellvud tashri buyuradi, O‘zbekiston TIV vazirligi xabari asosida.
Tashrif dasturida Respublika Oliy Majlisi, Tashqi Ishlar vazirligi, Tashqi Iqtisodiy Aloqalar va Investitsiyalar vazirlgi va boshqa bir qator tashkilotlar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi.
“Tashrif davomida O‘zbekiston-Britaniya siyosiy munosobatlarining hozirgi ahvoli va kelajakdagi rivojlanish yo‘llari o‘rganib chiqiladi. Shu bilan bir vaqtda oldin kelishilgan shartnomalar bajarilishi jarayoni ham ko‘rib chiqiladi”, — deb xabar berdi Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi.
Elchixona vakilining so‘zlariga qaraganda, oxirgi vaqtlarda mamlakatlar orasida Afg‘onistondagi vaziyat, parlamentlararo munosobatlarni va Ta’lim, Iqtisodiyot sohasidagi munosobatlarni rivojlantirish ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekistonda tashkil qilingan korxonalar soni bo‘yicha Buyuk Britaniya Yevropa mamlakatlari orasida eng birinchidir. Shunga qamasdan mamlakatlar orasida munosobatlar rivojlanishiga hali imkoniyatlar ko‘p deyilmoqda.