Saudiya Arabistoni neft tugashi davriga tayyorgarlik ko‘rapti

© Sputnik / Aleksandr Yuryev / Mediabankka o‘tishAr-Riyod shahri ko‘rinishi. Saudiya Arabistoni
Ar-Riyod shahri ko‘rinishi. Saudiya Arabistoni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saudiyachilar yaqin yigirma yil ichida mamlakatni neftga tobe’likdan xalos qilmoqchi.

TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Saudiya Arabistoni neft davri tugashiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida qirollikning eng qimmatbaho aktivlari uchun dunyodagi eng yirik mustaqil jamg‘armani tashkil qilmoqchi. Jamg‘arma umumiy moliyaviy hajmi 2 trillion dollarni tashkil etadi, deb bayonot qildi ikkinchi taxt vorisi hamda mamlakat Mudofaa vaziri Muhammad bin Solmon, RIA Novosti xabari asosida.

Solmonning fikriga ko‘ra, ushbu jamg‘arma hukumatni neftga ishonib yashashdan xalos qiladi. Shunday qilib, saudiyachilar Saudi Aramco davlat neft kompaniyasi aksiyalarini sotuvga qo‘yib, neft gigantini konglomeratga aylantiradi.

Kompaniya aksiyalari kelgusi yildan sotuvga qo‘yilishi haqida ma’lum qilinmoqda. Mamlakat ayni vaqtda kompaniyaning 5%dan kamroq aksiyalari sotuvga qo‘yishni rejalashtirapti.

“Saudi Aramco kompaniyasi aksiyalari jamg‘arma hisobiga o‘tkazilishi texnik jihatdan investitsiyalarni Saudiya Arabistoni hukumati daromad manbaiga aylantiradi. Shunday qilib neftga tobe’lik yo‘qoladi. Hozircha esa investitsiyalarni turli yo‘nalishlarga taqsimlash qoldi, xolos. Shu tarzda, yaqin 20-yil ichida, biz, asosan neftga tobe’ bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatidan chiqamiz”, — dedi Salmon Blumberga agentligiga bergan intervyusi chog‘ida.

Yangiliklar lentasi
0