TOShKENT, 1 apr – Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi senati juma kuni Respublika Jinoyat kodeksiga o‘zgarishlar kiritdi. Ularga ko‘ra, eskirgan uskuna va texnologiyalarni import qilish — jinoiy javobgarlikka tenglashtirilib, buning uchun 12-yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.
JKga kiritilgan o‘zgarishlar, ushbu jinoyat uchun eng kam ish haqqining 300 dan 500 barobari (13 – 22 ming $) yoki uch yildan besh yilgacha qamoq jazosi. Jinoyatni qayta sodir etish sakkiz yilgacha, uyushgan guruh tomonidan sodir etish 12-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jozolanadi.
Oldin ushbu jinoyat Jinoiy ish hisoblanmasdan, ma’muriy javobgarlik kodeksi bo‘yicha jazolanar edi.
Normativ hujjatlarga muvofiq O‘zbekistonga olib kirilayotgan uskunalar va texnologiyalarning ishlab chiqarilgan muddati uch yildan ortiq bo‘lmasligi kerak.
“Uskunalar va texnologiyalar sohasida nazoratni kuchaytirish ushbu jarayonning korrupsiyaga oid qismiga zarba berib, iqtisodning texnologik yangilanishini yo‘lga qo‘yishi kerak”, — deb xabar berdi Senat.
2015-2020 yillarda O‘zbekiston iqtisodning sanoat sohasida bir qator loyihalarni amalga oshirmoqchi. Shu bilan bir vaqtda transport tizimi va tranzit o‘tkazish salohiyatini xususiyatini oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirgan.
Ko‘zlangan rejalarni amalga oshirish Respublikada sanoat rivojlanishini 9% ga o‘sishiga olib kelishi kerak.