RT: Turkiyaning ID bilan aloqasi isbotlandi

Obuna bo‘lish
Russia Today telekanali jurnalistlari, Suriyada yaqinda terrorchilardan ozod qilingan Shaddadi, Rumilan, al-Kamishli va Tel Abyad shaharlarida ko‘plab qiziqarli hujjatlar topishdi. Ularga asoslanib shuni aytish mumkinki, Turkiyaning ID bilan hamkorligi faqat neft savdosi bilan cheklanmagan.

Russia Today telekanali jurnalistlari, Suriyaning yaqinda ozod qilingan Shaddadi, Rumilan, al-Kamishli va Tel Abyad shaharlarida ko‘plab qiziqarli hujjatlar topishdi.

Islom davlatining iqtisodiy asosini noqonuniy neft savdosi tashkil qilgan. Neftga yagona xaridor — Turkiya bo‘lgan, chunki jangarilar uni faqat quruqlik orqali yetkizib berish imkoniga ega bo‘lishgan. Rossiya bir necha bor bunga ishora qilishiga qaramasdan boshqa mamlakatlar buni ko‘rmaslikka olishgan. 2015-yilning dekabrida Rossiya Turkiya IDdan neft sotib olayotganini sputnik va uchuvchisiz apparatlar orqali olingan suratlar yordamida isbotlab berdi.

Saudiya Arabistoni fuqarosi  Turkiya – Suriya chegarasini osongina kesib o‘tganini va Turkiya ularga oziq-ovqat yetkizib berganini so‘zlab bergan. Asirga tushgan turk esa, uning komandiri qurshovda qolganida yoki yarador bo‘lganida Turkiya chegarasi tomon qochishga buyruq bergan.Anqaraning “Islom davlati” bilan qilgan jinoyatkorona hamkorligining bulardan boshqa faktlari haqida RT telekanali tayorlagan hujjatli filmda ko‘rish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0