“Islom davlati”ning maxfiy hujjatlari topildi

© AP Photo / Hadi MizbanBoyeviki Islamskogo gosudarstva (IGIL)
Boyeviki Islamskogo gosudarstva (IGIL) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Russia Today telekanali jurnalistlari, Suriyada yaqinda terrorchilardan ozod qilingan Shaddadi, Rumilan, al-Kamishli va Tel Abyad shaharlarida ko‘plab qiziqarli hujjatlar topishdi. Ularga asoslanib shuni aytish mumkinki, Turkiyaning ID bilan hamkorligi faqat neft savdosi bilan cheklanmagan.

TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Russia Today telekanali jurnalistlari, Suriyaning yaqinda ozod qilingan Shaddadi, Rumilan, al-Kamishli va Tel Abyad shaharlarida ko‘plab qiziqarli hujjatlar topishdi, RIA Novosti xabariga asosan.

Islom davlatining iqtisodiy asosini noqonuniy neft savdosi tashkil qilgan. Shaddadi shahrida topib olingan hujatlarda qancha neft, qanday narxda sotilganini ko‘rsatilgan. Shu bilan bir vaqtda “ko‘proq sotib olishmoqchi edi, lekin sig‘madi”, “neft qudug‘i bo‘shab qoldi”, “50-75 barrel qoldi” degan yozuvlar bor. 

Ushbu ma’lumotlarga qaraganda, 23-yanvar kuni faqat bir necha quduqdan sotilgan neftdan 146 722 $ daromad ko‘rgan. Sotilgan neft narxi barreliga 46 sentdan 13 $ gacha bo‘lgan. Masalan Farax qudug‘idan 144,85 tonna neft xom-ashyosi tonnasiga 70$ dan sotilgan.

Neftga yagona xaridor — Turkiya bo‘lgan, chunki jangarilar uni faqat quruqlik orqali yetkizib berish imkoniga ega bo‘lishgan. Rossiya bir necha bor bunga ishora qilishiga qaramasdan boshqa mamlakatlar buni ko‘rmaslikka olishgan. 2015-yilning dekabrida Rossiya Turkiya IDdan neft sotib olayotganini sputnik va uchuvchisiz apparatlar orqali olingan suratlar yordamida isbotlab berdi.

Shaddadi shahridan bundan tashqari yana bir necha qiziqarli topilmalar topilgan.  Ulardan biri shohid belbog‘i va “Asad rejimiga qarshi qanday kurashish kerak” degan terrorchilar adabiyoti topilgan. Qizig‘i shundaki ushbu kitob Istambuldagi nashriyotda chop etilgan bo‘lib, uning oxirida nashriyot telefonlari, internet adresi va hatto facebook dagi  guruh adresi ham ko‘rsatilgan.

© RT"Islom davlati"ning ekstremistik adabiyotida Istambul nashriyoti
Islom davlatining ekstremistik adabiyotida Istambul nashriyoti - Sputnik O‘zbekiston
"Islom davlati"ning ekstremistik adabiyotida Istambul nashriyoti

Saudiya Arabistoni fuqarosi  Turkiya – Suriya chegarasini osongina kesib o‘tganini va Turkiya ularga oziq-ovqat yetkizib berganini so‘zlab bergan. Asirga tushgan turk esa, uning komandiri qurshovda qolganida yoki yarador bo‘lganida Turkiya chegarasi tomon qochishga buyruq bergan.

Qurd xalq o‘z-o‘zini himoya qilish otradi vakili terrorchilardan olingan pasportlarni ko‘rsatdi. Ularning hammasida Turkiyaga kirish muhri bor.  

Yana bir fleshkada jangarilar fotosuratlari topilgan. Fotosuratlarning birida jangarilar Istambuldagi Sultonahmad maydonida boshqasida esa, o‘sha odamlarning o‘zi Suriyada jangarilar qatorida.

 

 

Anqaraning “Islom davlati” bilan qilgan jinoyatkorona hamkorligining bulardan boshqa faktlari haqida RT telekanali tayorlagan reportajida tomosha qilish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0