TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Turkiya chegarasini kesib o‘tishga harakat qilayotgan suriyalik qochoqlar turk harbiylari tomonidan ayovsiz o‘qqa tutilmoqda, deb xabar qiladi PRAYM.
So‘nggi to‘rt oy davomida Suriya-Turkiya chegarasida 16 migrant, shu jumladan ayollar va uch nafar bolalar o‘ldirildi. Suriyaning "Inson huquqlari himoya qilinishini nazorat qilish monitoring markazi” ushbu holatlar yuzasidan ma’lumot to‘pladi.
"Turkiya chegarasidagi harbiylar Suriyadagi fuqarolik urushidan qochib, Turkiyadan panoh topishni istagan qochoqlarga qarat o‘t ochmoqda”, — deb yozadi nashr.
Nashrda yozilishicha, Turkiya hukumatining chegarani kesib o‘tmoqchi bo‘layotgan suriyaliklarni ushlab olib, ortga qaytarayotgani, hatto ularga qarata o‘t ochilayotgani ham qochoqlarni ortga qaytara olmayapti. Shu bilan bir qatorda, Turkiya “hayoti chindan xavf ostida qolayotgan suriyaliklar uchun ochiq eshiklar siyosatini olib borayotgani" haqida bong urishda davom etmoqda.