Toshkent metrosining yangilangan poyezdi 1-apreldan ishga tushadi

© Facebook / Voditeli TashkentaInternetda Toshkent metrosining yangilangan poyezdi surati paydo bo‘ldi
Internetda Toshkent metrosining yangilangan poyezdi surati paydo bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi ta’mirlangan poyezdning oldingi qismi va ichkarisi o‘zgartirilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda yangilangan sostavning bir necha surati paydo bo‘ldi.

TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Feysbukdagi “Voditeli Tashkenta” guruhida Toshkent metrosining yangilangan poyezdning   suratlari paydo bo‘ldi.  Poyezd O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha 1-apreldan boshlab ishga tushadi.

Ta’mirlangan poyezdning old qismi dizayni, mashinist kabinasi va saloni yangilangan. Poyezd oq ko‘k rangga bo‘yalgan va ingichki qizil chiziqlar chizilgan. Poyezd remonti Toshkent vagonlar ta’mirlash zavodida amalga oshirilgan.   

Poyezd sinov qilinayotgan vaqtda suratga olingan.  O‘tgan yildan beri yana bir yangilangan poyezd Chilonzor yo‘nalishida ishlab kelmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0