Tank biatloni 2016 boshlandi

Obuna bo‘lish
Rossiyada butun armiya miqyosida o‘tkaziladigan “Tank biatloni” musobaqasi boshlandi. Ushbu musobaqada Rossiya qurolli kuchlarining barcha okruglari qatnashadi. Bugungi videolavhamizda Janubiy harbiy okrugning Volgograd viloyatida bo‘lib o‘tgan o‘quv mashg‘ulotlarini tomosha qiling.

Uch kun davomida T-72 va T-90A tank ekipajlari jangovor texnikani jangda boshqarish, to‘siqlardan o‘tish va harakat davomida yerdagi va osmondagi nishonlarga zarba berishda bellashishdi. Nishonlarga tank to‘pi va katta kalibrli “Kord” pulemotidan zarba berildi.

Halqaro Tank biatloni Moskva yaqinidagi Alabino poligonida bo‘lib o‘tadi. Yildan yilga ushbu musobaqaning nufuzi va qatnashchilari soni ortib bormoqda. Biatlonda Hindiston, Mongoliya, Quvayt, Serbiya, Xitoy, Belorussiya,  Armaniston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston tank ekipajlari doimiy ravishda qatnashib kelmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0