TOShKENT, 31 mar – Sputnik. “Polsha ustidan kommunistik tizim hukmronligi” ramzini ifodalovchi Sovet ittifoqiga oid yodgorliklar buzilgan va muzeylarga ko‘chirilgan bo‘lishi shart, deb bayonot qildi Polsha davlat Milliy xotira davlat instituti rahbari Lukash Kaminskiy, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"Ammo sovet davriga oid harbiy harakatlar qurbonlari dafn etilgan joylardagi yodgorliklari bundan mustasno, ular haqida Polsha davlati g‘amxo‘rlik qilishda davom etadi”, — qo‘shimcha qildi Kaminskiy.
Yodgorliklarni ko‘chirish bo‘yicha loyiha institut tomonidan yaqin haftalarda o‘z-o‘zini boshqarish organlariga yo‘llanishi rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan sal oldin Rossiya TIV Polshadan “yodgorliklarga qarshi urushni to‘xtatishni” talab qilgan edi.