TOShKENT, 31 mar – Sputnik. “Rossiya barcha davlatlar uchun xavf tug‘dirmoqda, chunki u xalqaro normalarga amal qilmayapti, deb bayonot qildi Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Filipp Xammond, RIA Novosti xabariga ko‘ra.
"Rossiya xalqaro etiket normalarini inkor qilmoqda va xalqaro tizim qoidalarini buzmoqda. Bu barchamiz uchun o‘ziga xos chaqiriq va xavf-xatar belgisidir”, — deb bayonot qildi Britaniya TIV rahbari Gruziyaga tashrifi chog‘ida.
Shu bilan birga u, Suriya va Iroqda “Islom davlati” terrorchilik uyushmasiga qarshi kurashda Rossiya va Buyuk Britaniya manfaatlari umumiyligini ta’kidlab o‘tdi.
Xammond bundan oldin ham Rossiya nomiga keskin bayonotlar qilgan. Misol uchun, joriy yil mart oyida u Qrim yarimorolini Ukraina tarkibiga qaytarishga chaqirgan, shuningdek Suriyadan harbiylarini olib chiqqani uchun “Rossiya prezidentini maqtamaslikni”, aytgan. Bu “xotinini urishni to‘xtatgan erni maqtashdek bir gap”, degan u.