TOShKENT, 31 mar – Sputnik, Sputnik. Mneniya so‘rovnomasiga ko‘ra. Italiyaliklarning — 66%, nemislarning — 63% va fransuzlarning — 63% YeI boshqa davlatlar bilan Birlashma* tuzishi masalasini umumxalq referendumi yordamida hal etishni xohlashmoqda. Populus va Ifop tadqiqot kompaniyalari tomonidan Sputnik axborot agentligi va radiosi uchun maxsus o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari shuni ko‘rsatdi.
6-aprel kuni Niderlandiyada Ukrainaning YeIga qo‘shilishi yuzasidan referendum o‘tkaziladi. Sputnik.Mneniya so‘rovnomasiga muvofiq, boshqa davlatlar bilan Birlashma tuzish uchun referendum o‘tkazilishiga ko‘proq italiyaliklar ovoz bermoqda: Italiya aholisining 66% Yevropa Ittifoqiga “yangilarni” qabul qilish masalasini referendum davomida hal etishni xohlamoqda. Germaniya va Fransiyaning aksariyat aholisi ham (har bir davlatdan 63%dan) xuddi shunday fikrda. Referendum o‘tkazilishi uchun qarshi ovoz berganlar Germaniyada — 23%ni, Fransiyada — 20%ni va Italiyada — 18%ni tashkil qildi.
Britaniyaliklar bu masalada ikki guruhga bo‘lindi — orol aholisining aksariyat qismi, ya’ni 43% YeI uchinchi davlatlar bilan Birlashma tuzishi uchun ovoz bergan bo‘lsa, masala hal etilishi uchun ovoz berish kerakmi-yo‘qmi, bilmay ikkilanganlar, ya’ni "bilmaymiz" deya javob qaytarganlar – 40%ni tashkil etdi.
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiyada so‘rovnoma Britaniyaning eng old tadqiqot kompaniyalaridan biri bo‘lmish Populus tomonidan 4-9 mart sanalarida o‘tkazildi, unda 1085 kishi ishtirok etdi. Germaniya (1002 kishi), Italiya (994) va Fransiya (1005)da esa – jamoatchilik fikrini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi va so‘rovnomalar o‘tkazuvchi eng qadimiy kompaniyalardan biri — iFop tomonidan 8-10 mart sanalarida o‘tkazilgan.
Sputnik.Mneniya haqida ma’lumot
Sputnik.Mneniya” — jamoatchilik fikrini o‘rganishga qaratilgan ushbu xalqaro loyiha 2015-yil yanvarida o‘z ishini boshladi. “Sputnik. Mneniya”ning so‘rovlar o‘tkazish bo‘yicha hamkori Britaniyaning Populus va Fransiyaning IFop izlanishlar kompaniyalari. “Sputnik. Mneniya” doimiy ravishda AQSh va Yevrpa mamlakatlarida eng dolzarb ijtimoiy va siyosiy muammolar bo‘yicha aholi fikrini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
Sputnik (sputniknews.com) – xalqaro axborot agentligi bo‘lib, dunyoning o‘nlab mamlakatlarida o‘zining multimedia va axborot xablariga ega. Sputnik o‘z ichiga internet sahifalari, analogli va raqamli radioeshittirishlar, mobil dasturlar va ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatni qamrab oladi. Sputnik yangiliklari doimiy ravishda 30 tilda nashr etilib kelmoqda.
*Ukraina va YeI o‘rtasida Birlashma tuzish to‘g‘risida bitim imzolangan edi. Ushbu hujjat siyosiy va iqtisodiy birlashma hamda erkin savdo zonasi yaratilishini nazarda tutadi. Bitimga muvofiq, Ukraina o‘z iqtisodi va qonunchiligini YeI talablariga muvofiqlashtirishi kerak bo‘ladi. Ukraina YeIga to‘liq qabul qilinishi uchun Birlashma bajarilishi shart bo‘lgan bosqich hisoblanadi.