Erdo‘g‘onning tan soqchilari baqir-chaqirda miting ishtirokchilaridan o‘zib ketdi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishErdo‘g‘on tan soqchilari qurshovida
Erdo‘g‘on tan soqchilari qurshovida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidentining tan soqchilari, siyosatchini norozilik namoyishi bilan qarshi olgan oppozitsiyachilardan “himoyalash” uchun, bor ovozda qichqira boshladilar. Ular shu yo‘l bilan mitingga chiqqanlarning ovozini "o‘chirmoqchi" bo‘ldi.

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Yadro xavfsizligi bo‘yicha o‘tkazilayotgan sammitda ishtirok etish uchun Vashingtonga tashrif buyurgan Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘onni mehmonxona qarshisida bir guruh norozilik namoyishi qatnashchilari kutib oldi, deb xabar qiladi Sputnik Türkiye.
Miting qatnashchilari Erdo‘g‘on siyosatiga qarshi shiorlarni aytib shovqin ko‘targan bir paytda, siyosatchini “himoya qilishga” shoshilgan tan soqchilar, to‘plangan olomon ovozini “bosib ketish” maqsadida ularga jo‘r bo‘lib, hatto ulardan ham qattiqroq baqira boshladilar.
Bu voqea ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida navbatdagi shov-shuvga sabab bo‘ldi. Juda ko‘pchilik ushbu voqeaga istehzo bilan izoh berdi.
"Erdo‘g‘onning tan soqchilari shallaqilik borasida namoyishchilardan o‘zib ketishga urinmoqda. Darhaqiqat, bu odamlar fantaziyasi sarhad bilmaydi", — deb yozadi  @aytansahin nikli foydalanuvchi.

Yangiliklar lentasi
0