TOShKENT, 30 mar — Sputnik. "Pxuket–Moskva" yo‘nalishida parvoz amalga oshirayotgan "Aeroflot" aviakompaniyasining Airbus A330 samoleti, Toshkent aeroportiga favqulodda ravishda qo‘ndi, Sputnik muxbiriga aeroport xodimi bergan ma’lumotiga asosan.
Uning so‘zlariga qaraganda favqulodda qo‘nishning sababi, yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i keskin yomonlashgani bo‘lgan. Ushbu yo‘lovchi uchun tez yordam chaqirilgan. Ayni damda samolyot Moskvaga uchishga tayorgarlik ko‘rmoqda.
"Aeroflota" kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy vakili samolyot favqulodda qo‘nganini tasdiqladi, lekin unining sababini aniq ayta olmadi.
“Hozir bizning barcha xodimlarimizaeroportda, samolyot bilan bog‘liq vaziyatni hal qilishmoqda”, — dedi vakolatxona ishchisi.