Toshkent YHXB haydovchilarni videoqayd tizimi ishga tushishi haqida ogohlantirdi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishYo‘l harakati qoidabuzarliklarini qayd qiluvchi kamera
Yo‘l harakati qoidabuzarliklarini qayd qiluvchi kamera - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentning 120 chorrahasida YHX qoidabuzarliklarini foto va video qayd qiluvchi uskunalar o‘rnatishni yakunlandi va hozir ular sinov tartibida ishlatilmoqda.

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Yo‘l harakatini videokameralar orqali kuzatib borish tizimi Toshkentning asosiy chorrahalarida yaqin oylar ichida ishga tushiriladi, deb xabar  berdi Sputnik muxbiriga YHXB rahbari podpolkovnik Barat Mamenov.

Boshqarma rahbarining so‘zlariga qaraganda, Toshkentning asosiy 120 chorrahasida videokameralar o‘rnatish  to‘liq yakunlangan. Hozirgi kunda tizim sinov tartibida ishlatilmoqda.

“Yangi tizim uch elementdan tashkil topgan: videokuzatuv kamerasi, dispetcher markazi va patrul avtomobillari. Birinchi bosqichda ular faqat avtomobil nomerini, uning tezligini va qizil chiroqqa o‘tganini qayd qilish imkoniga ega”, — dedi Mamenov

Ushbu tizimni ishga tushurish uchun katta ishlar amalga oshirildi. Jumladan, YHX qoidabuzarliklari avtomatik ravishda qayd qilinishi mumkinligi haqida haydovchilarni ogohlantirish uchun YHX qoidalariga yangi yo‘l belgisi kiritildi.

“Agar videokuzatuv kamerasi qoidabuzarlikni qayd qilsa, mashinani kim boshqarganidan qatiy nazar, jarima pattasi pochta orqali avtoulov egasining uyiga keladi. Agar avtoulov egasi jarima solingan vaqtda rulda boshqa odam bo‘lganligini isbotlay olsa, biz jarimani u odamning nomiga o‘zgartiramiz”, dedi Toshkent YHXB rahbari.

Qoidabuzarliklar avtomatik ravishda qayd qilinganda protokol tuzilmaydi,  qaror videokamera ma’lumoti asosida chiqariladi. Avtoulov egasi jarima pattasi bilan birga qoidabuzarlik aks ettirilgan fotosurat oladi. Shunday qilib, ushbu jarayonga shahar YHXB xodimlari aralashuvi cheklanadi. Barcha ishni texnika bajaradi. Bu albatta korrupsiya holatlarini kamaytirishga yordam beradi.

YHX qoidabuzarliklarini qayd qilish tizimi O‘zbekistonda 5-yildan beri bosqichma-bosqich kiritilmoqda. O‘tgan yili YHX qoidalariga kerakli o‘zgarishlar kiritildi. Ularga ko‘ra video va foto kameralar yordamida qayd qilingan qoidabuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik qonuniylashtirildi.  2016 yilning 1-martidan boshlab O‘zbekistonda yangilangan YHX qoidalari kuchga kirdi.

Yangiliklar lentasi
0