Pele "Samsung"ni sudga berdi

Obuna bo‘lish
Sportchini aytishiga qaraganda Samsung o‘zining New York Times gazetasidagi reklamasida Pelening ruxsatisiz uning qiyofadoshidan foydalangan. Buning uchun futbolchi Samsungdan 30 mln $ tovon talab qilmoqda.

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Braziliyalik futbol afsonasi Pele Samsung Electronics ni sudga berdi, bu haqda RIA Novosti Reyter xabari asosida xabar bermoqda.

Pele aytishicha Samsung o‘zining New York Times gazetasida chop etilgan  reklamasida futbolchining ruxsatisiz uning qiyofadoshidan foydalangan.  Buning uchun u Samsungdan 30 mln $ tovon talab qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, ushbu reklama New York Times gazetasida va teleefir orqali 2015-yilning oktabr oyida namoyish etilgan. 2013-yilda esa Samsung futbolchi bilan uning qiyofasini kompaniya mahsulotlari reklamasi uchun ishlatish haqidagi shartnomani bekor qilgan edi.

Futbolchining arizasida aytilishiga ko‘ra, reklamada Pelening nomi aytilmasa ham, unda Pelega juda o‘xshash erkak obrazi ko‘rsatilgan va xuddi Pele kabi “qaychi zarbasi” berayotgan futbolchi surati ko‘rsatilgan.

Haqiqiy ismi Edson Arantis du Nasimentu bo‘lgan mashhur futbolchi Pele, 1940-yilning 23-oktabrida Braziliyada tug‘ilgan. Futbol bo‘yicha uch karra jahon chempioni nomiga sazovor bo‘lgan. 1995-yillarda u Braziliya Yoshlar, turizm va sport  vaziri lavozimida ishlagan. Undan tashqari sobiq futbolchi kinoakter, teletahrirchi, biznesmen va o‘zi yozgan qo‘shiqlarini kuylashi bilan shug‘ullanandi.

Yangiliklar lentasi
0