TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarbayev mamlakatning O‘zbekistondagi elchisi vazifasiga Yerik Utembayevni tayinladi, prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra.
Yerik Utembayev 2012-yildan beri Qozog‘istonning Polshadagi elchisi bo‘lib ishlab kelgan, undan oldin Lyuksemburgda elchi bo‘lgan. Shu bilan bir vaqtda Utembayev Yevropa Ittifoqi va NATOda Qozog‘iston vakolatxonasi rahbari vazifasini bajargan.
Utembayev 2006-2009 yillarda Qozog‘istonning Erondagi elchisi bo‘lgan, undan oldin esa Kaspiy dengizi bo‘yicha muzokaralarda Qozog‘iston vakili, 2002-yildan Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosari va 2001-yildan boshlab Qozog‘iston Strategik Rejalashtirish Agentligi rahbari o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan.
O‘zbekistonda Qozog‘istonning oldingi elchisi Boribay Jeksembin edi. Uning Toshkentdagi vakolati o‘tgan yili dekabrda yakunlandi.