Isroil diplomati bilan uchrashuv

© U.S. DEPARTMENT OF DEFENSEO‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov
O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov Isroil Davlati Tashqi ishlar vazirligi bosh direktorning birinchi o‘rinbosari Jeremi Issaxarovni qabul qildi

TOShKENT, 29 mar – Sputnik. 2016-yilning 29-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov Isroil Davlati Tashqi ishlar vazirligi bosh direktorning birinchi o‘rinbosari Jeremi Issaxarovni qabul qildi, deb xabar qiladi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Jeremi Issaxarov Toshkent shahriga O‘zbekiston va Isroil o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundida ishtirok etish uchun Isroil TIV delegatsiyasi rahbari sifatida tashrif buyurganligi ta’kidlanmoqda.
"Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Isroil kun tartibining dolzarb masalalari, hamda xalqaro va mintaqaviy muammolar bo‘yicha fikr almashildi. Uchrashuvda Isroil Elchisi Karmela Shamir qatnashdi", — deyiladi xabar matnida.

Yangiliklar lentasi
0