Toshkent metrosi yaqin to‘rt yilda kengaytiriladi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishMetroda qurilish ishlari
Metroda qurilish ishlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yunusobod yo‘lining uzaytirish rejasi allaqachon tayor bo‘lgan. Sergeli tumanida quriladigan yer usti metrosi Toshkent metropoliteni bilan yagona tizimga kiritiladi. Yo‘lovchilar u transportdan bunisiga o‘tish uchun metrodan chiqishi kerak bo‘lmaydi.

TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Poytaxt hokomiyati yaqin to‘rt yil ichida Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishini qurib bitkazish  va Sergeli yo‘nalishida qurilishi kerak bo‘lgan yer usti yo‘nalishini qurib uni metro bilan ulash niyatida.

Toshkent hokimi Rahmonbek Usmonovning so‘zlariga qaraganda, loyhachilar metroning Yunusobod yo‘nalishining loyihasini chizib yakunlagan, faqat loyihani moliyalash masalasi qolgan xolos.  

“Metroning ikkala yo‘nalishi bo‘yicha qurilish ishlarini yakunlash muddati hali aniq emas, chunki bu yerda juda ko‘p masalalarni hal qilish kerak. Biz ularni tez orada hal qilishga tayormiz. Sergeli yo‘nalishi Toshkent metrosi bilan yagona tizimga aylanishi juda muhim masala. Poyezd faqat yer ustiga chiqadi xolos, yo‘lovchilar metrodan chiqishi kerak bo‘lmaydi”, — dedi hokim.  

Toshkent metrosining ikki yo‘nalishini qurish haqidagi gaplar oxirgi besh yil davomida olib borilmoqda. Masalan Sergeli yo‘nalishida olti bekat paydo bo‘lishi rejalashtirilgan “Choshtepa”, Tursun-zoda”, “Abdulla Xo‘jayev”, “Sergeli”, “Ehtirom” va “Otchopar” bekatlari.  

Sergeli yo‘nalishi Chilonzor yo‘nalishi bilan “Olmazor” bekatidan “Abdulla Xo‘jayev” bekatiga o‘tish orqali ulanadi.

 

Yangiliklar lentasi
0