TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Beshkeklik Kushtar Mambetaliyev ushbu tashabbus bilan avval shahar hukumatiga murojaat qilgan, ulardan javob bo‘lmagach, o‘zi ushbu ishni amalga oshira boshlagan.
“Kechadan boshlab ushbu plakatlarni ko‘chalarda yopishtirib chiqa boshladim. Meriya “biz bunaka ishlab bilan shug‘ullanmaymiz” deb javob berdi. Mening bir necha tarafdorlarim paydo bo‘ldi. Hozircha shunaqa plakatlarni tarqatayapman, keyin ular boshqacha ko‘rinishda chiqadi”, — dedi Mambetaliyev
Uning so‘zlariga qaraganda, ko‘chada tupurayotgan odamlar – bu uyat, chet eldan kelagn mehmonlar oldida ham noqulay. Bu ijtimoiy muammo bo‘lib, unga alohida e’tibor berish kerak.
Har bir plakatning narxi – 5 som, hozircha Mambetaliv ushbu mablag‘ni o‘z hamonidan to‘lamoqda.
“Agar biror tashkilot homiylik qilish istagini bildirganida, plakatlarda uning reklamasini joylashtirish mumkin edi. Ba’zilar mendan sotib olib tarqatmoqda. Hozircha bepul tarqatmayapman – chunki ishonmayman”, — deydi tashabbuskor.
Uning so‘zlariga qaraganda, yaqin orada alohida odamlarga tushunali bo‘lishi uchun — “Ee, o‘roq, tupurma!” — degan plakatlar ham paydo bo‘ladi.
Faol fuqaro ushbu plakatlarni binolar, avtobus to‘xtash joylari va jamoat transportida faqat ularning egasi ruxsati bilan yopishtirmoqda.
Shahar meriyasida matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ular Mambetalivni taklif qilib uning tashabbusi va kelajakda hamkorlik qilish haqida suhbat o‘tkazmoqchi.