TOShKENT, 29 mar — Sputik. Germaniya Federativ Respublikasi tashqi ishlar vaziri, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi Frank-Valter Shtaynmayer 30-mart kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi, O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabariga asosan.
Tashrif dasturidan O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov bilan uchrashuv va mamlakat hukumatida muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan bo‘lib, ularda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
Shtaynmayer oxirgi marta O‘zbekistonga 2006-yilda, o‘zining O‘rta Osiyo turnesi davomida kelgan edi. O‘shanda Germaniya TIV O‘zbekiston prezidenti bilan Germaniya harbiy kuchlari tomonida Termez harbiy aeroportidan foydalanish va Germaniya biznesi uchun O‘Zbekistondagi imkoniyatlarni o‘rganib chiqqan edi.