TOShKENT, 28 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov ushbu yilning 25-26 aprelida Rossiyaga ikki kunlik rasmiy tashrif bilan keladi, Rossiya Moliya vaziri o‘rinbobsari Sergey Storchak ma’lumotiga ko‘ra.
“25-26 aprelda O‘zbekiston prezidenti Islom Kartimovning Rossiyaga tashrifi rejalashtirilgan.<…> Kun tartibiga qo‘yilgan masalalardan biri bu O‘zbekiston qurolli kuchlarini qayta jihozlash masaladir”, — dedi Storchak Federatsiya Kengashi majlisida.
Uning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekiston qurolli kuchlarini qayta jihozlash maqsadida Rossiyada ishlab chiqarilgan uskunalar yetkizib berish rejalashtirilgan. Ushbu masala Islom Karimovning Moskva tashrifi mavzularidan biri bo‘ladi.