TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Moskvaning Anqaraga qarshi qo‘llagan sanksiyalari Turkiyaga katta zarar yetkizdi, lekin undan ham katta muammolarga Rossiya HKKning Suriyadagi g‘alabasi sabab bo‘ldi. Rossiya HKK operatsiyasi Turkiyaning energetika sohasidagi rejalarini barbod qildi, deb yozadi Oilprice.
Rossiya bilan bo‘lgan mojarodan keyin, Turkiya iqtisodiyoti achinarli ahvolga tushdi. 2002-yildan beri Turkiya Rossiya tabiy gaziga va neftiga o‘ta muhtoj bo‘lib kelayotgan edi. Shu bilan bir vaqtda, avtor fikriga ko‘ra, Turkiyani boshqa mamlakatlar bilan ushbu sohadagi hamkorligi yo‘lga qo‘ymagan edi.
Rossiyadan energetik muhtojlikni kamaytirish maqsadida Turkiya Qatar bilan gaz yetkizib berish haqida shartnoma tuzgan edi. Ushbu shartnoma tufayli, Anqara xavfli ishga qo‘l urdi, chunki gaz o‘tkazgich oradagi Suriya, Iroq va Qurdiston hududlaridan o‘tishi kerak edi.
Turkiya, terrorchilar bilan bo‘lgan urushda Suriya va qurdlar mag‘lub bo‘ladi va hududda kuchlar muvozanati o‘zgaradi, deb umid qilgan edi. O‘zining ushbu maqsadiga erishish uchun Turkiya “Islom davlati” kabi terrorchilar bilan aloqalarini kuchaytirishdan qaytmadi, deb yozadi nashr.
Lekin Rossiyaning harbiy operatsiyasi natijasida jihodchilar mag‘lub bo‘la boshladi. Anqaraga qarshi tomonlar esa kuchayib o‘z hududini mustahkam egallab oldi. Shunday qilib, Rossiya Turkiyaning energetika sohasida qurgan qaltisgina rejasini barbod qildi, deydi maqola muallifi.
“Rossiya harbiy operatsiyasi va Asadning kuchayishi “Turkiya – Qatar” gaz o‘tkazgichi loyihasiga nuqta qo‘ydi”, — deb xulosi qiladi nashr.