NATO samolyotlari Rossiya Mudofaa vazirini “kuzatib qo‘ydi”

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishRossiya Mudofaa vaziri, general Sergey Shoygu
Rossiya Mudofaa vaziri, general Sergey  Shoygu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Boltiq dengizi ustidagi betaraf zonada Sergey Shoyguning samolyotini NATOning Eurofighter qiruvchi samolyotlari “kuzatib qo‘ydi”.

TOShKENT, 28 mar — Sputnik. NATOning Eurofighter qiruvchi samolyotlari Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning samolyotini Boltiq dengizi ustidagi beteraf zonada birmuncha vaqt yonma-yon urib bordi, RIA Novosti xabariga asosan.  

Ma’lum bo‘lishiga qaraganda, NATO samolyotlari Rossiya Mudofaa vaziri samolyotiga yaqinlashmagan.

Ayni vaqtda Mudofaa vaziri samolyoti qo‘ngan va vazir rejalashtirilgan uchrashuvlarni davom ettirmoqda. Ular orsida qayta qurilayotgan Chkalovsk aerodromi, Ushakov nomli Boltiq Harbiy-dengiz institutiga tashrif va qumonlar hisobotini qabul qilish bor.  

Oldin berilgan xabarlarga ko‘ra, Sergey Shoygu NATOning Sharqiy Yevropada faollligi “haddan ziyod” oshishi va Ukrainadagi vaziyat murakkablashishi munosobati bilan Kalingraddagi harbiy qismlarni ko‘zdan kechirish uchun borishi e’lon qilingan edi.  

Yangiliklar lentasi
0