TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Yuqorichirchiq tumaning yangi qurilgan dahalari hududida, Toshkent – Chorvoq yo‘li bo‘ylab mingdan ziyod daraxt ko‘chatlari ekildi. Ushbu tadbir umujahon O‘rmonlar kuni munosobati bilan o‘tkazildi, Gazeta.uz xabariga asosan.
Ushbu tadbir Davlat Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va Toshkent viloyati Tabiatni Muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan Home Market, "Ekosan" fondi va Brichmulla o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlari ishtirokida o‘tkazildi.
Toshkent Agrar universitetining 50 dan ortiq talabalari Brichmulla O‘rmon xo‘jaligi tomonidan taqdim etilgan mingdan ortiq yapon saforasi, kashtan va dub daraxtlari ko‘chatlarini, mutaxassislar nazorati ostida ekishdi.
Mutaxassislar aytishicha, aynan ushbu daraxtlar ko‘chatlari tanlab olinishi bejiz emas. Yapon saforasi va kashtan mevalari shifobaxsh xususiyatlarga ega va xalq tabobatida keng qo‘llaniladi. Undan tashqari ular havoni chiqindi gazlardan tozlash xususiyatiga ega. Bir dona yetishgan kashtan daraxti atrof muhitni 20 ming kubometr ishlangan gazlardan tozalashi mumkin. Dub bo‘lsa chiroyli ko‘rinish va uzoq yashash xususiyatiga ega.