UMS O‘zbekistonda LTE tarmog‘ini ishga tushiradi

© Sputnik / Yuriy Lashov / Mediabankka o‘tishUyali aloqa baza stansiyalari
Uyali aloqa baza stansiyalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
UMS O‘zbekistonda LTE tarmog‘ini ishga tushirgan to‘rtinchi kompaniya bo‘ladi. 2014-yilda “Bilayn O‘zbekiston” va “UCELL” kompaniyalari LTE tarmog‘ini ishga tushirgan edi.

 

TOShKENT, 28 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiyaning MTS kompaniyasi ishtirokida tuzilgan Universal Mobile Systems (UMS) qo‘shma korxonasi yozda 4 avlod LTE tarmog‘ini ishga tushiradi, bu haqda qo‘shma korxonaning bosh direktori  Dmitriy Nagorniy  Gazeta.uz nashriga xabar berdi.

Nagorniyning so‘zlariga qaraganda, Toshkentda baza stansiyalari va aloqa tarmog‘i asosida yangi to‘laqonli tarmoq tashkil qilinadi, 2016-yilda kompaniya 2G va 3G tarmoqlarini ham rivojlantirishda davom etadi. Taxminiy hisobda, ushbu tarmoqlar joriy yilda 50% ga kengaytiriladi.

LTE tarmog‘ini ishga tushirish zarur, biz kerakli uskunalarni olib keldik, hozir larni montaj qilish ishlari ketmoqda. Bahorda biz tarmoqni sinov tarmog‘ini ishga tushiramiz”, — dedi Nagorniy.

Universal Mobile Systems O‘zbekistonda o‘z faoliyatini 2014-yil 1-dekabrda boshladi. Qo‘shma korxona tuzilishidan oldin O‘zbekiston hukumati va rossiyaning MTS kompaniyasi kelishuv shartnomasi imzolashdi. Qo‘shma korxonaning 50,01 % aksiyasi Rossiya tomoniga 49,99 % aksiyasi O‘zbekistonga tegishlidir. Uyali aloqa operatori 2G/3G/LTE tarmoqlarida aloqa o‘rnatish litsenziyasiga ega.

 

Yangiliklar lentasi
0