Pokistonning Lahor shahridagi portlashda 69 kishi qurbon bo‘ldi

© REUTERS / Mohsin RazaPokistonning Lahor shahridagi portlash
Pokistonning Lahor shahridagi portlash - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Lahorning bolalar bog‘i ichida xudkush-terrorchi tomonidan uyushtirilgan portlashda, 69 kishi qurbon bo‘lgan 300ga yaqin odam jarohatlangan.

 

TOShKENT, 28 mar – Sputnik. Pokistonning Lahor shahridagi bolalar bog‘i ichida uyushtirilgan portlashda, 69 kishi qurbon bo‘lgan 300ga yaqin odam jarohatlangan, RIA Novosti xabariga asosan.

Portlash Lahordagi bolalar bog‘iga kirishidagi avtomobillar turar joyida sodir bo‘lgan. Jabrlanganlarning asosiy qismi bolalar va ayollarni tashkil qilgan. Portlash xudkush-terrorchi tomonidan uyushtirilganligi xabar berilmoqda.

Lahor politsiyasi xabariga ko‘ra, qurbon bo‘lganlar orasida 23 nafar yosh bola, jarohatlanganlar orasida esa 56 nafar yosh bola bor. Jarohatlanganlar shahar shifoxonalariga joylashtirilgan. Ularning ko‘pchillining ahvoli og‘ir va yaqin orada qurbonlar soni yana oshishi mumkinligi xabar berilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0